Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avgustda muammoli kreditlar kamaydi
17:08 / 2025-09-26

Markaziy bank xabariga ko‘ra, joriy yilning avgust oyi mobaynida O‘zbekiston tijorat banklarining kredit portfeli 4,8 trln. so‘mga ko‘payib, jami miqdori 581 trln. so‘mdan oshgan.

Kredit portfelining o‘sishi davlat banklarida (+2,5 trln. so‘m) va boshqa banklarda (+2,4 trln. so‘m) deyarli bir xil miqdorda ro‘y bergan.

Kredit portfelidagi muammoli kreditlar (NPL) ulushi avgust oyi davomida 751,6 mlrd. so‘mga kamaygan.

Ma’lum qilinishicha, 1 sentyabr holati bo‘yicha O‘zbekistondagi banklarning muammoli kreditlari (NPL) 21,8 trln. so‘mni tashkil etmoqda.

Kredit portfeliga nisbatan NPL ulushi 3,8 foizgacha kamaydi. Deyarli barcha banklarda qaytarilmayotgan kreditlar bilan vaziyat yil boshiga nisbatan yaxshilandi. 

Eng ko‘p NPL ulushi mavjud bank “Garant bank” hisoblanadi — 12,9 foiz. 

Muammoli kreditlari miqdori eng ko‘p bank esa 3,1 trln. so‘m bilan “Milliy bank” bo‘lib turibdi. Biroq bank avgustda 700 mlrd. so‘mga yaqin NPLdan qutulishga erishdi.

Sh. Mamaturopova, O‘zA