Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avgust oyida umumiy inflyatsiya biroz pasayib, yillik hisobda 8,8 foizni tashkil etdi (+video)
14:29 / 2025-09-11

Markaziy bank Boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Qayd etilishicha, avgust oyida umumiy inflyatsiya iyulga nisbatan biroz pasayib, yillik hisobda 8,8 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sishining sekinlashishi hisobiga bazaviy inflyatsiya 7,6 foizgacha pasaydi.

Shu bilan birga, yalpi talabning yuqori darajada saqlanishi sharoitida energiya narxlari oshishining ikkilamchi ta’sirlari xizmatlar inflyatsiyasining yuqori shakllanishida namoyon bo‘lmoqda.

So‘nggi oylarda mavsumiy omillar hamda almashuv kursining barqarorlashuvi hisobiga aholi va tadbirkorlar inflyatsion kutilmalarida pasayish tendensiyasi kuzatilgan bo‘lsa-da, mazkur kutilmalar umumiy inflyatsiya darajasidan yuqori bo‘lib qolmoqda.

2025 yilning birinchi yarmida iqtisodiy o‘sish 7,2 foizgacha tezlashdi. Bunda, xizmatlar sohasining yuqori sur’atlari bilan birga sanoat, qurilish va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida ham sezilarli o‘sish qayd etildi.

Transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmining barqaror o‘sishi, iqtisodiyotda kreditlash sur’atlarining jadallashuvi, byudjet xarajatlarining o‘sishi hamda investitsion faollikning yuqori bo‘lishi yalpi talabni faol rag‘batlantiruvchi omillardan bo‘lmoqda.

Shu bilan birga, xalqaro savdodagi cheklovlar va o‘zaro aloqalarga kiritilgan o‘zgarishlar tufayli global inflyatsiyaning pasayishi kutilganidan sekin kechayotgani, jahonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshayotgani hamda asosiy savdo hamkor davlatlardagi inflyatsiya darajasining target ko‘rsatkichlaridan yuqori shakllangani kelgusida import inflyatsiyasining kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu sharoitlarda joriy yil yakunida inflyatsiya darajasi 8,7 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda.

Sh.Mamaturopova, N.Mardonov (+video),

O‘zA