Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avf etilganlar oilasiga qaytdi
12:35 / 2022-12-10

Hech kim jinoyatchi yoki huquqbuzar bo‘lib tug‘ilmasligi haqida ko‘p bora eshitganmiz. Faqatgina insonning tashqi ta’sir vositasida, bilib bilmay yo‘ldan adashishi uning hayotida o‘chmas iz bo‘lib qoladi. Kishini yillar tarbiyalaydi. Uning nuqsonlarini to‘ldiradi. Ammo chekilgan zahmat, zulmatda o‘tgan kunlar iztirobi baribir qalbda o‘chmas dog‘ bo‘lib qoladi. Davlatimiz rahbari e’tibori sabab Buxoroda Jazoni o‘tayotgan mahbuslardan 7 nafari o‘z oilasi bag‘riga qaytdi.

Namanganlik Ulug‘bek Xojimirzayev bu yil 50 bahorni qarshi olmoqda. U giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangani sabab ozodlikdan mahrum etilgan edi. Umrining eng qaynoq pallasini u panjara ortida o‘tkazdi, ammo yurtimizdagi adolatparvarlik, insoniylik va bag‘rikenglik tamoyiliga asosan, qilmishiga chin ko‘ngilda pushaymon bo‘lgan Ulug‘bek Xojimirzayev muddatidan ilgari o‘z oilasi bag‘riga qaytmoqda.

– Qilmishimdan juda afsusdaman, – deydi  Ulug‘bek Xojimirzayev. –Endi bunday nojo‘ya ishlar bilan shug‘ullanmayman. Prezidentimizning tashabbusi bilan bugun ozodlikka chiqayapman. Oila davrasida, nevaralar tarbiyasi bilan shug‘ulanib, ozodlikni qadrlayman. Chunki ozodlikda yurish, nafas olish hech narsaga yetmas ekan.

Prezident farmoni bilan avf etilganlar orasida toshkentlik Temur Haydarov ham bor. Ulug‘bek Xojimirzayev singari qora og‘u savdosiga aralashib qolgan yurtdoshimiz ham Yangi yil bayramini o‘z oilasi bag‘rida nishonlaydi.

– Davlat rahbariga rahmat, – deydi Temur Haydarov. – Biz adashganlarni kechirib oilamizga qaytishga ishonch bildirdilar. Bunday ishonchni albatta oqlayman. Endi halol mehnat qilib, oilam, farzandlarim, Vatanim tinchligi uchun xizmat qilaman.    

Davlatimizning g‘amxo‘rligi, e’tibori sabab ozodlikka chiqqan bu shaxslarning keyingi hayotga moslashishlari uchun ham barcha imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Bugun o‘z qilmishlari noto‘g‘ri ekanini anglab yetgan bu yurtdoshlarimiz uchun faqat bitta yo‘l bor. Ishonchga yarasha munosib javob qaytarish. Yurt ravnaqiga ulush qo‘shish. Oilasi, Vatani tinchligi uchun kamarbasta inson bo‘lish. Mana shu yo‘lgina ularni jamiyatda namunali insonlar qatoriga qo‘shilishini ta’minlaydi.

Zarif Komilov, O‘zA