Tennis bo‘yicha Melburn shahrida “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionati 12 yanvar kunidan 1 fevral kuniga qadar o‘tkaziladi.
Mazkur musobaqa tashkilotchilari 2026 yilgi musobaqa sovrin jamg‘armasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, “Australian Open – 2026” turnirining umumiy mukofot jamg‘armasi 74,9 million AQSH dollarni (111,5 million Avstraliya dollari) tashkil etadi, bu o‘tgan mavsumga nisbatan 16 foizga ko‘p degani.

Yakkalik bahslari uchun sovrin jamg‘armasi quyidagicha taqsimlanadi:
Birinchi davra – 101 ming AQSH dollari;
Ikkinchi davra – 151 ming AQSH dollari;
Uchinchi davra – 220 ming AQSH dollari;
To‘rtinchi davra – 322 ming AQSH dollari;
Chorak final – 503 ming AQSH dollari;
Yarim final – 839 ming AQSH dollari;
Final – 1,4 million AQSH dollari;
Titul – 2,8 million AQSH dollari.
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa yakkalik va juftlik bahslarining asosiy to‘rida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Kamilla Rahimova ishtirok etishi kutilmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA