“Australian Open – 2026”: Polina Kudermetovaning raqibi aniq bo‘ldi
Xabaringiz bor, Melburn shahrida tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumidagi “Australian Open – 2026” musobaqasini hamyurtimiz Polina Kudermetova g‘alaba bilan boshladi. Ikkinchi davraga yo‘l olgan holda navbatdagi raqibini kutayotgan edi.
Ushbu turnirning birinchi davrasida daniyalik Klara Tauson va vengriyalik Dalma Galfi o‘zaro raqobatlashdi. Uchrashuvda Klara raqibini har ikkala setda bir xil 6:3 hisobida taslim etdi. Shu tariqa K.Tauson navbatdagi bochqichda yosh tennischimiz Polina Kudermetova bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. Ushbu o‘yin 21 yanvar kuni erta tongda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Avstraliya ochiq chempionatining juftlik bahslarida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Kamilla Rahimova 20 yanvar kuni rossiyalik sherigi Anna Blinkova bilan tandemda tayvanlik Chan Xao-Ching va xitoylik Jiang Xinyu dueti bilan kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA