Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Australian Open – 2026”: Kamilla Rahimovani jiddiy raqiblar kutmoqda
11:41 / 2026-01-23

Xabaringiz bor, Avstraliyaning Melburn shahrida tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open – 2026” musobaqasi davom etmoqda. Unda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Kamilla Rahimova juftlik bahslarida ishtirok etyapti.

Juftlik uchrashuvlarida Kamilla Rahimova rossiyalik Anna Blinkova bilan tandem hosil qilgan holda musobaqani muvaffaqiyatli boshladi. Ilk davrada ular tayvanlik Chan Hao-ching va xitoylik Jiang Xinyu duetini 3:6, 7:5, 7:6 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

Endi tennischilarimiz 24 yanvar kuni juftlik bahslarining ikkinchi davrasida amerikalik Xeyli Baptist hamda Peyton Sternsga qarshi kortga chiqadi.

Ma’lumot o‘rnida, ayni damda musobaqaning yakkalik bahslarida uchinchi davra o‘yinlari o‘tkazilmoqda. Unda erkaklar o‘rtasida Daniil Medvedev (Rossiya), Karlos Alkaras (Ispaniya) va Lerner Ten (AQSH), ayollar o‘rtasida esa Arina Sobolenko (Belarus) hamda Yuliya Putinseva (Qozog‘iston) navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA