Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Attestatsiyada 73 mingdan ziyod pedagog ijobiy natija ko‘rsatdi
11:27 / 2025-05-20

Joriy yilning aprel-may oylarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari pedagoglari malaka test sinovlaridan o‘tkazildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra,   10 ming 504 nafar pedagog oliy toifa, 23 ming 208 nafar pedagog birinchi toifa hamda 27 ming 805 nafar pedagog ikkinchi toifa uchun yetarli ball to‘plab, ijobiy natijalar qayd etdi. Shuningdek, 6 ming 603 nafar pedagog mutaxassis lavozimini saqlab qoldi. Umumiy hisobda 73 mingdan ziyod pedagog ijobiy natija ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan.

Attestatsiya natijalariga ko‘ra, pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikat yuboriladi. Shuningdek, pedagoglarning oylik ish haqlariga kiritiladigan o‘zgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun UzASBO yoki boshqa moliyaviy hisob-kitob dasturlariga yuboriladi.

Joriy yilning 15-16 may kunlari o‘tkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida umumiy hisobda 4  ming 880 nafar pedagog ishtirok etdi. Sinov jarayonlarida hech qanday ko‘ngilsiz hodisa kuzatilmadi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA