Aslida inson o‘z bilimni kasb malakasini oshirish tinimsiz izlanishi shart. Masalan shifokorlar, sud-huquq tizimi yoki ichki ishlar xodimlari doimo o‘qib o‘rganishini davrning o‘zi taqozo etadi. Endi bunday malaka FHDYO idoralaridan ham talab etiladi. Istaymizmi yo‘qmi, salohiyatli kadrlarni davrning o‘zi saralab boraveradi.
Adliya vazirligi tizimida ko‘p yillardan beri mehnat faoliyatim davrida bir necha marotaba attestatsiya o‘tkazilgan. Komissiya shahar boshqarmasi rahbariyati tarkibidan, vazirlikning mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilar edi. Kuni kecha o‘tkazilgan navbatdan tashqari attestatsiyada esa komissiya tarkibi juda salohiyatli a’zolardan iborat bo‘ldi. Tizim uyg‘ondi. Bugun FHDYOlar odamlar eng ko‘p kiradigan manzillardan biriga aylangan ekan, bu maskanlarda o‘ta bilimdon va hozirjavob mutaxassislar ish yuritishi lozimligini ko‘pchilik angladi.
E’tiborlisi, attestatsiya savollari ham mukammal tuzilgan, hatto sohada uchrayotgan muammoli masalalar, normativ-huquqiy hujjatlarda aniq belgilab qo‘yilmagan vaziyatlar bo‘yicha ham kazus savollar mavjud. Komissiya hududlardagi odamlar dardini yaxshi o‘rgangan. Balki, kazus savollar kun ora fuqarolar duch kelayotgan muammolardir. Aslidayam aholidan tushayotgan bu kabi o‘xshash murojaatlar ish faoliyatimizda deyarli har kuni uchrab turadi va ushbu holatlarda har bir arizaga alohida yondashib, imkoni boricha tez yechimini topishimiz zarur.
Buning uchun albatta faqatgina FHDYO sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar bilan cheklanmasdan, balki fuqarolik, ma’muriy, mehnat va boshqa qonunchilikdagi hujjatlardan va yangi qabul qilinayotgan qonunlarni o‘z vaqtida o‘rganib, xabardor bo‘lishimiz kerakligini angladik. Aslida «qozonda bori cho‘michga ilinadi». Mabodo kompyuter savodxonligi va huquqiy bilim yaxshi bo‘lmas ekan, nafaqat FHDYO tizimida balki boshqa sohada ham ishlash mushkul. Demak, kasbiga mehr qo‘ygan tizim xodimi har kun izlanishi kerak.
Hozirgi kunda FHDYO sohasida davlat xizmatlarini tez va sifatli ko‘rsatish borasida yangiliklar va o‘zgarishlar kiritilmoqda. Bundan sohadagi har bir xodim xabardor bo‘lishi va fuqarolarning ortiqcha sarsongarchiliklariga yul qo‘ymasdan sifatli davlat xizmatini ko‘rsatishi, FHDYO sohasiga tegishli bo‘lmagan murojaatlarni qaysi davlat idorasiga murojaat etsalar muammolari hal bo‘lishi haqida huquqiy tushuntirishlar berishimiz lozim.
Attestatsiya birinchi marotaba onlayn rejimida o‘tkazilishi barchamizga katta sinov bo‘ldi. Ba’zi xodimlarimiz ko‘p yil sohada faoliyat yuritgan, katta tajribaga ega bo‘lishlariga qaramasdan, kuchli hayajon bo‘lgani sababli salohiyatli komissiya va onlayn rejimda bo‘lgani sababli hamkasabalarimiz biroz qiyinchiliklar tug‘dirdi. Xodimlardagi shu hayajonni his etgan komissiya a’zolari har bir savolga javobni yo‘naltirib, mutaxassisning amaliyotda qanday yo‘l tutishi mumkinligini aniqlab oldilar. Bu bir tomondan juda katta yordam va imkoniyat bo‘ldi.
Aslida inson o‘z bilimni kasb malakasini oshirish tinimsiz izlanishi shart. Masalan shifokorlar, sud-huquq tizimi yoki ichki ishlar xodimlari doimo o‘qib o‘rganishini davrning o‘zi taqozo etadi. Endi bunday malaka FHDYO idoralaridan ham talab etiladi. Istaymizmi yo‘qmi, salohiyatli kadrlarni davrning o‘zi saralab boraveradi.
Dilora Suleymanova,
Olmazor tumani FHDYO bo‘limi mudirasi