Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish yo‘lida...
19:14 / 2022-08-20

Vazirlar Mahkamasining “Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati kompleks rivojlantiriladi.

Institut atrof muhitning joriy holati, ifloslantiruvchi moddalarning bioxilma-xillikka, jumladan, noyob, yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan o‘simlik hamda hayvon turlariga ta’sirini keng-chuqur o‘rganadi.

Yer resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi, yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning oldini oluvchi texnologiyalar bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqadi.

Yer osti va yer usti suvlari ifloslanishining oldini olish, oqova suvlarni tozalash va qayta ishlash bo‘yicha samarali usul hamda texnologiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boradi.

Atmosfera havosi, undagi ifloslantiruvchi moddalarning atrof muhit va tabiatga ta’siri, atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirishni ta’minlovchi yangi, samarali uslub va texnologiyalarni ishlab chiqish hamda maishiy va turli chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilishni ta’minlovchi samarali uslub, texnologiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tadqiqotlar olib boradi.

Shuningdek, tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish orqali “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish;

global iqlim o‘zgarishining ekologiya va atrof muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;

malakali ilmiy kadrlar tayyorlash;

xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish va grantlar asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish;

zamonaviy ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish, uni ilg‘or texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish va ularning integratsiyasi bo‘yicha samarali tizimni shakllantirish ishlarini ham amalga oshiradi.

Institut ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida tayanch ilmiy tashkilot va davlat buyurtmalari bo‘yicha asosiy ijrochi hisoblanadi, uning qoshida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi Kengash tuziladi. Ilmiy tashkilot sifatida davlat buyurtmalari va dasturlarini amalga oshirish hamda fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borishda ishtirok etadi.

O‘zA