Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Atrof-muhit ozodaligi — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz
17:30 / 2025-11-25

So‘nggi kunlarda Toshkent shahrida havo sifati pasayib, ekologik vaziyatning keskinlashishi jamoatchilik e’tiborini kuchaytirmoqda. Bu holat davlat idoralari bilan bir qatorda, har bir fuqaroning mas’uliyatli yondashuvini talab etadi.

Joriy yilning 24 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni imzolangan bo‘lib, ushbu hujjatda ekologik muammolarni bartaraf etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ham mazkur yo‘nalishda obodonlashtirish va tozalikni ta’minlash ishlari amalga oshirildi. Hududdagi xazonlar chang ko‘tarmasdan yig‘ishtirilib, yashil maydonlar parvarish qilindi, sug‘orish tizimlari tartibga keltirildi.

Shuningdek, barg va chiqindilarni yoqish holatlariga yo‘l qo‘yilmay, belgilangan tartibda maxsus hududlarga chiqarildi.

O‘ylaymizki, bundan barcha birdek ibrat olib, ijobiy natija sari shahdam harakat qiladi. Zero, mana shunday muqaddas hisoblanmish ta’lim dargohlari butun jamiyatga namuna bo‘lmog‘i maqsadga muvofiq.

Sherbek Islomov,

O‘zA