Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Atrof-muhit muhofazasi barchaning burchi
19:02 / 2023-06-13

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Abdushukur Hamzayev Navoiy viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashdi.

Dastlab nomzodning tarjimai holi o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod A.Hamzayev so‘zga chiqib, “Yashil taraqqiyot uchun!” shiori ostidagi saylovoldi dasturida mamlakatda atrof-muhit holatini yaxshilash va ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish, “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish orqali aholining qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash eng ustuvor vazifalar sirasiga kirishini qayd etdi.  

– Iqtisodiyotni isloh qilish bo‘yicha pestitsidlardan foydalanishni voz kechishga yo‘naltirilgan “Yashil O‘zbekiston – 2030” dasturi, investitssiyaviy jozibadorlikni oshirish maqsadida “Yashil viza” dasturini joriy etish, tarmoqlar va hududlarning “yashil iqtisodiyotga o‘tish indeksi” ni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratamiz, – dedi A.Hamzayev. – Shuningdek, aholi yashash punktlarida badbo‘y hid chiqarayotgan, lokal oqova suv tozalash inshootlari bo‘lmagan korxonalar faoliyatini belgilangan talablarga javob beradigan texnologiyalar joriy etilmaguncha to‘xtatish tartibini kiritish, yuk tashishni yirik yuk mashinalaridan temir yo‘l transportlariga va atrof-muhitga kamroq ta’sir ko‘rsatadigan boshqa transport turlariga o‘zgartirish ham diqqat markazimizda bo‘ladi.  

[gallery-12322]

Nomzodning dasturida davlat ekologik siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga qaratilgan “Barqaror ekologik rivojlanish strategiyasi” ni qabul qilish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishga qaratilgan “Yashil energetika strategiyasi” ni ishlab chiqish va qabul qilish, qishloq xo‘jaligi, sanoat va iqtisodiyot tarmoqlarida suvdan samarali foydalanish va uning mahsuldorligini oshirishga qaratilgan Milliy dasturni ishlab chiqish, “Xalqaro savdoda ayrim xavfli kimyoviy moddalar va pestitsidlarga nisbatan oldindan asoslangan kelishuv tartib-taomili to‘g‘risida” gi Konvensiya, “Atrof-muhitga ta’sirni transchegaraviy nuqtai nazardan baholash to‘g‘risida” gi Konvensiya, “Havoni uzoq masofalargacha transchegaraviy ifloslanishi to‘g‘risida” gi Konvensiyaga qo‘shilish choralarini ko‘rish asosiy maqsad sifatida belgilangan.  

Shu bilan birga biologik xilma-xillik va ekotizimlarni saqlash hamda ulardan oqilona foydalanish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonlarini kengaytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” ga kiritilgan o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlari muhofazasini kuchaytirish maqsadida tegishli qonunchilik hujjatlari takomillashtiriladi.  

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar nomzodning saylovoldi dasturidagi taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagan holda o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.  

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA