O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat tomonidan Respublika hududida yuqori va o‘rta darajada xavfli toifaga mansub ob’ektlarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish, atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tizimlarini raqamlashtirish borasida yangi loyihalar joriy etilmoqda.
Ushbu talablarga asosan “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati ortiqcha ovoragarchiliklarni va korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida atrof-muhitni ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun hisoblangan kompensatsiya to‘lovlari elektron tarzda amalga oshirishga erishildi.
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmatiga ko‘ra, bunday to‘lovlar elektron shaklda bajariladi. Endi atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalari, oqovalari paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yoki xizmatlar ko‘rsatish ishlari bo‘yicha ishlab chiqilayotgan atrof-muhitga ta’sirini baholash va ekologik normativ loyihalarni topshirish hamda shartnomalar rasmiylashtirish “Davlat ekologik ekspertiza markazi” DUKning elektron bazasiga yuboriladi.