Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
A.Toshqulov: Yolg‘on ma’lumotni eshitib xotirjam bo‘lgandan ko‘ra, haqiqatni bilib halovatni yo‘qotganimiz afzal
09:46 / 2022-05-25

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov Toshkent moliya institutidagi professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi. Suhbat jarayonida vazir tizimdagi mavjud muammolarni bartaraf etish va samarasiz ishlayotgan mexanizmlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Vazir noodatiy ravishda institut rahbariyatidan holi tarzda professor-o‘qituvchilar, dekanlar, kafedra mudirlari bilan alohida suhbat tashkil qildi. Ularga ko‘proq taklif va e’tirozlar eshitishga kelganini ma’lum qildi. 

– Oliy ta’lim sohasida yolg‘on ma’lumotni eshitib xotirjam bo‘lgandan ko‘ra, haqiqatni bilib halovatni yo‘qotganimiz afzal, – dedi A.Toshqulov. – Shuning uchun nima dardingiz bo‘lsa, bugun ayting, ertaga farzandlarimiz ilmda tengi yo‘q mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun islohotlarni bugun qilishimiz kerak. Oq dog‘lardan xabardor bo‘lish tizimga foyda keltiradi. 

Vazir professor-o‘qituvchilar tomonidan bildirilgan  har bir taklif va shikoyatni yozib oldi. 

– Bugun meni qiynab kelayotgan muammolar sizlarning ham muammongiz, dardingiz ekanidan ko‘nglim taskin topdi. Demak, bu masalalar sizlar bilan bamaslahat hal etiladi. Bu jarayonda vazirlik kuzatuvchi emas, sizga ko‘makchi bo‘ladi – deya ta’kidladi. 

Shuningdek, vazir  institut oshxonasida tushlik qilayotgan talabalar davrasiga qo‘shildi va ular bilan ham suhbatda bo‘ldi. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA