Jizzax politexnika institutida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shior ostida atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 106 yilligiga bag‘ishlab xotira tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati a’zolari va deputatlari, mehnat faxriylari, Fuqarolik jamiyati institutlari va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi vakillari, O’zLiDeP faollari oliygoh professor-o‘qituvchi hamda talabalari ishtirok etdi.
Ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasi yodga olindi. So‘zga chiqqanlar xalqimizning fidoyi farzandi bo‘lgan adib hayoti, ijod namunalari, u haqda yozilgan kitoblar, ijodiy faoliyati xususida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, yaratilgan hujjatli filmlar to‘g‘risida gapirdi.
Shuningdek, tadbirda M.G‘aniyevning “Sharof Rashidov haqidagi mening haqiqatim” nomli kitobi taqdimoti ham bo‘ldi. Ishtirokchilarga “Mirzacho‘lni o‘zlashtirish ilhomchisi Sharof Rashidov” nomli hujjatli film premerasi namoyish etildi.
[gallery-14214]
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari