Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish istiqbollari
11:06 / 2024-12-05

Samarqandda “Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarni barqaror rivojlantirishda atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish istiqbollari: xalqaro va milliy tajriba” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

Anjumanda Islom hamkorlik tashkiloti mamlakatlari, Markaziy va Janubiy Osiyo, Rossiya, Yaqin Sharq, Yevropa Ittifoqi, AQSH, Xalqaro atom energetikasi agentligi (XAEA), Butunjahon yadro assotsiatsiyasi (WNA) va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari, ekspertlar ishtirok etmoqda.

Konferensiya avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro forum qatnashchilariga tabrigini Prezident matbuot kotibi Sh.Asadov o‘qib eshittirdi.

[gallery-20695]

Ochilish marosimida, shuningdek, Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori Rafael Grossi so‘zga chiqdi.

Qayd etilganidek, mazkur anjuman atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishni muhokama qilish va tajriba almashish uchun qulay platformadir. Unda atom energiyasini tinchlik maqsadlarida rivojlantirish va foydalanishning dolzarb masalalari, jumladan, qonunchilik va institutsional tartibga solish, xavfsizlik hamda turli sohalarda yadro texnologiyalaridan foydalanish muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari