French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Atom energiyasi agentligi sohada vakolatli organ etib belgilanmoqda
15:59 / 2025-09-09

Quyi palata majlisida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, ushbu qonun loyihasi bilan atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish, uni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish nazarda tutilmoqda. Jumladan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi sohada yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli organ sifatida belgilanyapti. Shu paytgacha bu sohadagi ishlar Energetika vazirligi tomonidan amalga oshirib kelinayotgan edi.  

Shuningdek, davlat organlari, vazirlik va idoralarning nomlari hamda huquqiy atamalar amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirilmoqda. Yuridik-texnika qoidalaridan kelib chiqib, normalarni aniqlashtirish va ular o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlash maqsadida tegishli o‘zgartishlar kiritilyapti. 

Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida mas’ul qo‘mita tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan berilgan barcha takliflar chuqur tahlil qilinib, ularning aksariyati hujjat matnida aks ettirildi. Loyihaing nomiga o‘zgartirish kiritildi. Ayrim tushunchalarning qo‘llanilishida uyg‘unlik ta’minlandi.

Ta’kidlanganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi atom energiyasidan foydalanish sohasida huquqiy asoslarni yanada takomillashtirish, davlat boshqaruvi va nazoratining samarali yo‘lga qo‘yilishini ta’minlash hamda sohadagi munosabatlarni zamon talablariga mos ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA