Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Atmosfera ifloslanishi: transport vositalari harakatini cheklash qanchalik muhim?
14:07 / 2024-01-19

Poytaxtimizning atmosfera havosi yomonlashayotgani ayni kunlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalardan biriga aylangan. Jamoatchilik vakillari ekologik muammolar yuzasidan turli fikr-mulohazalar bildirmoqda.

Bu borada Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Toshkent shahrida atmosfera havosiga ko‘rsatilayotgan salbiy oqibatlarni kamaytirish uchun bir qator chora-tadbirlarni taklif qilgan edi. Ulardan biri avtotransport vositalari tirbandligini kamaytirish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahri hududida kunning tig‘iz vaqtlarida (ertalabki soat 07:00 dan 10:00 ga qadar va 17:00 dan 20:00 ga qadar) yuk tashish uchun mo‘ljallangan, vazni 3,5 va 12 tonnadan ortiq transport vositalari harakatini cheklash taklifi edi.  

Darhaqiqat, tirbandlikni kamaytirish, transport vositalarining harakatini cheklash borasidagi taklif va mulohazalar ham keng muhokama qilinmoqda. Bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O‘ktam Islomov quyidagilarni qayd etdi:  

— Ekologiya barqarorligini ta’minlash hamda havoning ifloslanishiga qarshi kurashish masalasi barcha davlat organlari, qolaversa, har birimizning zimmamizdagi dolzarb masaladir. Har qanday muammoni yechish uchun, eng avvalo, mavjud holatni, uning sababini bilishimiz kerak.  

Bugun atmosfera havosining ifloslanishi butun dunyodagi global muammo bo‘lib, bu holat dunyoda asosan kimyo zavodlari masalasi bilan bog‘liqligini namoyon etadi. To‘g‘ri, ishlab chiqarish, sanoat korxonalarini rivojlantirish muhim. Shu bilan birga, ularning atmosfera havosiga chiqaradigan zararlarini kamaytirish, buning uchun zarur moslamalarni o‘rnatish maqsadga muvofiq.  

Bugungi kunda yurtimizda, ayniqsa, poytaxt Toshkent shahri atmosferasi ifloslanishi borasidagi muhokamalar davomida transport vositalari va ularning atmosfera havosiga yetkazayotgan zarari bo‘yicha fikrlar bildirilmoqda. Nazarimda, bu boradagi tahlillarni aniq olib borish lozim. Transport vositalarini cheklash bo‘yicha juda ehtiyot bo‘lish kerak. Transport vositasining harakatlanishi iqtisodiyotning drayveri hisoblanadi. Harakatni to‘xtatish iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bu borada muqobil variantlarni ishlab chiqib, keyin tartibga solish maqsadga muvofiq, deb o‘ylayman.  

 

Muhtarama Komilova yozib oldi.  

O‘zA