Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Atletlarimiz Osiyo chempionatini ikkita bronza medal bilan boshladi
10:33 / 2025-04-16

Saudiya Arabistonining Dammam shahrida 18 yoshgacha bo‘lgan yengil atletikachilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Mazkur musobaqaning ilk kunidayoq atletlarimiz ikki bora shohsupaga ko‘tarildi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, chempionatning bosqon uloqtirish bahslarida Shahribonu Zaripova 56,85 m. natija ko‘rsatib, bronza medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 1 ming 500 metr masofaga yugurishda Marjona Saydullayeva 4 daqiqa 59,85 soniya natija bilan marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi.

Eslatib o‘tamiz, qit’amizning 31 mamlakatidan kelgan 100 dan ortiq atletlar ishtirok etayotgan mazkur musobaqa 18 aprelga qadar davom etadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA