English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Atletlarimiz jahon reytingidagi oʻrinlari bilan tanishing
17:39 / 2019-04-28

Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi – “IAAF” oʻzining yangilangan jahon reytingini eʼlon qildi.


Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi – “IAAF” oʻzining yangilangan jahon reytingini eʼlon qildi.

Qatarning Doxa shahrida oʻtgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan atletlarimiz mazkur reytingning yuqori pogʻonalaridan joy oldi.

Quyida sportchilarimizning jahon reytingida qanday pogʻonalarni egallab turganlari bilan tanishishingiz mumkin.

Balandlikka sakrash: Svetlana Radzivil 1234 ochko bilan 11 pogʻonada bormayotgan boʻlsa, Nadiya Dusanova 1196 ochko bilan 18 oʻrindan joy oldi.

Uch hatlab sakrash: Ruslan Qurbonov 1205 ochko bilan 15 pogʻonadan joy egallagan.

Yettikurash: Yekaterina Voronina 1155 ochko bilan 17 oʻringa koʻtarilib oldi.

Bosqon uloqtirish: Suxrob Xoʻjayev 1117 ochko bilan reytingni 30 pogʻonasiga chiqib oldi.