Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Atletlarimiz jahon chempionatida ishtirok etadi
11:33 / 2019-09-04

Joriy yilning 27 sentabr kunidan 6 oktabr sanasigacha Qatar poytaxti Doha shahridagi "Xalifa" stadionida yengil atletika bo‘yicha XVII jahon chempionati o‘tkaziladi.


Joriy yilning 27 sentabr kunidan 6 oktabr sanasigacha Qatar poytaxti Doha shahridagi "Xalifa" stadionida yengil atletika bo‘yicha XVII jahon chempionati o‘tkaziladi.

47 medallar jamg‘armasi uchun o‘tadigan bahslarda o‘zbek atletlari ham ishtirok etadi. 

Musobaqaning dastlabki kunida balandlikka sakrash bahslarining saralash bosqichida Nadiya Do‘sanova va Svetlana Radzivil o‘z omadlarini sinab ko‘rsa, uch hatlab sakrashda Ruslan Qurbonov raqobatlashadi. Shuningdek, chempionatning dastlabki medali uchun o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi marafonda hamyurtimiz Sitora Hamidova ishtirok etadi.

Jahon birinchiligining 2 oktabr kungi bahslarida Yekaterina Voronina yettikurash bellashuvlaridagi ishtirokini boshlaydi. 5 oktabr kuni esa Andrey Petrov marafonda g‘oliblik uchun yuguradi.

O‘zbekiston terma jamoasiga mazkur chempionatda omad tilaymiz