Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Atletimiz Bokudagi nufuzli turnirda ikkinchi bo‘ldi
10:32 / 2025-02-24

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida joylashgan yengil atletika markazida mamlakatda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Aleksandr Antipov xotirasiga bag‘ishlangan yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlarda xalqaro turnir o‘tkazildi.

Ushbu nufuzli musobaqada Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Soxa (Rossiya) Respublikasidan tashrif buyurgan yuz nafarga yaqin sportchilar yengil atletika sport turining turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro raqobatlashdi.

Quvonarlisi, xalqaro turnirning uch hatlab sakrash bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, tajribali atletimiz Ivan Denisov 16,04 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA