Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Atlasi Xo‘jand” MCHJ korxonasida O‘zbekiston hamkorligida 12 turdagi adras-atlas matolari ishlab chiqariladi
11:07 / 2022-09-22

Davlatimiz rahbari topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida xizmat safari bilan Tojikiston Respublikasida bo‘lib turgan Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi mas’ul xodimlari Xo‘jand shahrining “Atlasi Xo‘jand” MCHJ korxonasi ish faoliyati bilan tanishdi.

bugungi kunda “Atlasi Xo‘jand” MCHJ Tojikistonda to‘qimachilik va sanoat yo‘lida atlas va adras ishlab chiqaradigan yagona korxona hisoblanadi. Joriy yilda korxonada 12 turdagi yangi milliy matolardan atlas va adras ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bu borada atlas va adrasning nav va modellarini ko‘paytirishga e’tibor qaratiladi.

Delegatsiya a’zolari korxonada ishlab chiqarish sifati, mexanizmlari va mahsulot dizayni bilan tanishdi.  

“O‘zbekiston tajribasi”, jumladan, Marg‘ilon atlas va adras matolari ishlab chiqarish tajribalari xususida o‘rtoqlashdi. 

 

Gulnoza Boboyeva,
O‘zA