Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Atlas bayrami” V xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali bo‘lib o‘tadi
10:58 / 2022-10-13

2022 yilning 20-22 oktyabr kunlari Marg‘ilon shahrida “Atlas bayrami” V xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival Turizm va madaniy meros vazirligi, UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi, UNESCO’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, UNFPA’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, “Hunarmand” uyushmasi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Marg‘ilon shahar hokimligi va Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi tomonidan o‘tkaziladi.

Festivalning eng ahamiyatli jihatlaridan biri shuki, uning doirasida Marg‘ilon shahriga “Jahon ipak va ikat hunarmandlari shahri” maqomi beriladi. Bu esa Marg‘ilonning Jahon hunarmandchilik kengashi tarmog‘iga kiritilishini ta’minlaydi. Mazkur maqom Marg‘ilonning o‘zbek hunarmandchiligini asrab-avaylashdagi muhim rolini yanada oshiradi.  

Atlas bayramida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Malayziya, Hindiston, Turkiya, Tailand, Bangladesh, Indoneziya, AQSH, Latviya, Mo‘g‘uliston, Italiya va boshqa mamlakatlardan hunarmandlar, madaniyat arboblari, dizayner va mutaxassislar ishtirok etadi. 

Mazkur festivaldan oldin, ya’ni 16–19 oktyabr kunlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston hunarmandlari va dizaynerlari uchun an’anaviy to‘qimachilikning har xil turlariga bag‘ishlangan an’anaviy hunarmandchilik, etnik dizayn va tadbirkorlik bo‘yicha to‘rt kunlik treninglar o‘tkaziladi. Mazkur trening ishtirokchilariga sertifikatlar topshiriladi

M.Komilova, 
O‘zA