English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Atirgul” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
14:45 / 2023-03-06

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jurnalist ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ijodiy salohiyatini namoyon qilishga ko‘maklashish maqsadida e’lon qilingan “Atirgul” tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Xolmurod Salimov, O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi – O‘zA bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov va boshqalar mamlakatimizda jamiyat hayotining barcha jabhalarida samarali mehnat qilayotgan xotin-qizlarni faol qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.  

Darhaqiqat, mamlakatimizda xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoyalash, ularning jamiyatdagi roli, o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi ham bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Ayol jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga doir “Atirgul” ijodiy tanlovi buning yorqin namunasidir.  

Darhaqiqat, bugungi kunda jurnalist ayollar jamiyatning ijtimoiy hayotida alohida faollik ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan yoritilayotgan mavzular keng jamoatchilik e’tiborini jalb etmoqda, turli muammolarning yechim topishida alohida ahamiyat kasb etmoqda.  

[gallery-10846]

Bu yil “Atirgul-2023” tanloviga 149 nafar ishtirokchidan 800 dan ortiq ijodiy ish kelib tushdi. Jumladan, bosma nashrlar bo‘yicha 59 ta, televideniye bo‘yicha 37 ta, radiojurnalistlardan 15 ta, internet jurnalistika yo‘nalishida 25 ta, axborot xizmati xodimlaridan 13 nafar da’vogarning ijodiy ishlari kelib tushdi.  

Ulardan jami 10 nafari turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. “Insonga e’tibor mavzusi yoritilgan eng yaxshi material uchun”, “Sifatli ta’lim ahamiyatini ochib bergan eng yaxshi material uchun”, “Ma’naviy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritgani uchun”, “Inson qadrini ulug‘lashga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun” kabi nominatsiyalar shular jumlasidandir.  

E’tiborga molik jihati, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri Shahnoza Mamaturopova mazkur tanlovda “Insonga e’tibor mavzusi yoritilgan eng yaxshi material uchun” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.  

Tadbirda g‘oliblarga statuetka, diplom-plaketka, sovg‘alar tantanali topshirildi.  

 

Nazokat Usmonova,  

Nosirjon Haydarov (suratlar)