Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ATB “Qishloq qurilish bank”ning kredit qo‘yilmalari miqdori ma’lum qilindi
12:48 / 2022-08-29

Qishloq qurilish bank tomonidan 17 nafar lider tadbirkorlarga 28 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Natijada lider tadbirkorlar tomonidan kooperatsiya usulida 1 ming 295 nafar aholi bandligi ta’minlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda bank axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripovning qayd etishicha, 2022 yil 1 avgust holatiga ATB “Qishloq qurilish bank”ning kredit qo‘yilmalari 18 trillion  900 milliard so‘mni tashkil qiladi. 

Bu ko‘rsatkich bankning kredit qo‘yilmalari joriy yil boshiga nisbatan 1 trillion  400 milliard so‘mga yoki yil boshiga nisbatan 8 foizga oshganini ko‘rsatadi.  

Bank kredit qo‘yilmalarining 6 trillion 170 milliard so‘mi yoki 33 foizi namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joylarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka kreditlariga, 1 trillion 870 milliard so‘mi yoki 10 foizi sanoat korxonalariga,  1 trillion 740 milliard so‘mi yoki 9 foizi savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga, 770 milliard  so‘mi yoki 4 foizi qishloq xo‘jaligiga, 410 milliard  so‘mi yoki 2 foizi transport va aloqa kommunikatsiya sohalariga, 2 trillion 270 milliard  so‘mi yoki 12 foizi qurilish va obodonlashtirish maqsadlariga, 5 trillion  670 milliard so‘mi yoki 30 foizi bankning boshqa kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hisobiga shakllantirildi. 

2022 yilning o‘tgan 7 oyi davomida bank mijozlariga 4 trillion so‘m miqdorida kreditlar ajratildi. Shundan 2 trillion 300 milliard so‘mi kichik va o‘rta biznes sub’ekti vakillariga ajratilgan kreditlardir.  

Shuningdek, 1 trillion 240 milliard so‘m tadbirkorlik sub’ektlariga aylanma mablag‘larini shakllantirish maqsadida, 1 trillion 60 milliard so‘m investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadlariga yo‘naltirilgan. 

Xududiy dasturlarga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha mahalliy hokimliklar va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda tarmoq jadvallari ishlab chiqilgan. Unga asosan joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida 476 ta investitsiya loyihalariga 1 trillion  535 milliard so‘m kredit mablag‘i ajratildi. Ushbu ajratilgan kreditlar hisobiga 4 ming 571 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. 

 

Muhayyo Toshqorayeva, 
O‘zA