Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ATB "Qishloq qurilish bank": 2022 yilda kredit qo‘yilmalari 20 trillion 220,4 milliard so‘mni tashkil qildi
16:52 / 2022-12-21

AOKAda ATB "Qishloq qurilish bank" rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida 2022 yilda erishilgan natijalar va yangi vazifalar mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Hozirda respublikamiz hududlarida bankning jami 103 ta xizmat ofislari va markazlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ular orqali 700 mingdan ortiq mijozga zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatilmoqda.  

Hozirga kelib bankning sof aktivlari yil boshiga nisbatan 18,3 foizga oshib, 24 trillion 500 milliard so‘mga yetdi.    

Bank depozitlari miqdori 8 trillion 471 milliard so‘mni jumladan, qisqa muddatli 1 trillion 63 milliard so‘mni, uzoq muddatlisi 7 trillion 408 milliard so‘mni tashkil etgan. Bunda uzoq muddatli depozitlar yil boshiga nisbatan 2 trillion 94 milliard so‘mga, ya’ni 39,4 foizga oshgan.  

Bankning 2022 yil yakuni bo‘yicha kredit qo‘yilmalari 20 trillion 220,4 milliard so‘mni tashkil qilib, yil boshiga nisbatan 2 trillion 465 milliard so‘mga yoki yil boshidagi kredit qo‘yilmasiga nisbatan 14,1 foizga o‘sgan.  

Mohigul Qosimova, O‘zA