English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Atanganliklar foydali mehnat bilan band
20:31 / 2024-04-15

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov sektorlar rahbarlari bilan birgalikda Yangi Namangan tumani Atangan guzar mahallasida aholi turmush farovonligini oshirish, tomorqadan samarali foydalanish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Mahallada 2020 ta xonadon mavjud bo‘lib, unda 7440 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududning asosiy drayveri chorvachilik, hunarmandchilik, tadbirkorlik sohalarini tashkil etadi. 

[gallery-16937]

Xususan, Qozonbuloq ko‘chasida har bir xonadon ahli tomorqadan unumli foydalanib, ro‘zg‘or uchun zarur sabzavotlarni yetishtirmoqda. Bundan tashqari, har bir uy xo‘jaligida chorva, parranda bor. Mazkur ko‘chaning xonadon bekalari esa uyda o‘tirgan holda kasanachilik asosida foydali mehnat bilan band. 5 ta xonadon sohibalari ro‘molcha tiksa, 10 tasi ip kalava qadoqlash bilan shug‘ullanadi. Yana 3 ta xonadonda ko‘rpa-to‘shak, yostiq tayyorlanadi.

Ta’kidlash kerak, tuman hududida 700 nafarga yaqin xotin-qiz kasanachilik asosida daromad topmoqda. Birgina ro‘molcha tikish ortidan Atangan guzar mahallasining o‘zida 60 ta, tuman bo‘yicha esa 300 ga yaqin xonadonda xotin-qiz ish bilan band bo‘lsa, g‘altak qadoqlash orqali tumanda 400 dan ziyod, mazkur mahallada esa 75 xonadonda ayollar uydan ajralmagan holda daromad qilmoqda.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA