Asuo Kuroda: O‘zbekiston istiqbolli jadal rivojlanayotgan mamlakat (+video)
Shu kunlarda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo+Yaponiya” birinchi sammitida ishtirok etish uchun rasmiy tashrif bilan Tokio shahrida bo‘lib turibdi.
O‘zbekiston yetakchisi tashrif doirasida Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari, moliya institutlari va biznes uyushmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Yaponiyaning “Nexi” korporatsiyasi raisi Asuo Kuroda mazkur uchrashuvlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Bugun O‘zbekiston istiqbolli jadal rivojlanayotgan mamlakat hisoblanadi, -dedi u. – O‘lkangiz resurslarga boy va yaxshi infratuzilmaga ega. Biz Markaziy Osiyoning “yuragi” hisoblanmish O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishdan manfaatdormiz.
Ushbu intervyuni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fs0uBNbyn9g" title="Atsuo Kuroda: O‘zbekiston istiqbolli jadal rivojlanayotgan mamlakat" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Dilshod Hakimov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA