French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Assalom Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi
12:03 / 2022-03-20

Navbahor tuman madaniyat bo‘limida "Assalom Navro‘z — yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda korxona va tashkilotlar jamoalari tomonidan milliy qadriyatlarimiz aks etgan ko‘rgazmalar tashkil etildi. Tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi esa barchaga birdek manzur bo‘ldi. 

Tumanning har bir go‘shasida, ta’lim muassasalari, korxona, tashkilotlar va barcha mahallalarda yasharish va yangilanish ayyomi – Navro‘zi olam keng nishonlanmoqda.

Mahallalarda homiylar tomonidan 500 nafarga yaqin o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar, ehtiyojmand oilalar va ko‘p yillar samarali mehnat qilib bugungi kunda sog‘ligini yo‘qotgan nafaqadagi fuqarolar holidan xabar olinib, bayram sovg‘alari va oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. 

Shuningdek, 260 nafardan ortiq Afg‘on urushi qatnashchilari, Chernobil AES oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolar, ko‘zi ojiz, eshitishi va gapirishida nuqsoni bo‘lgan hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarga bayram dasturxoni yozilib, ko‘tarinki bayram kayfiyati ulashildi.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA.