Asqar Akayev Qirg‘izistonni tark etdi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev "Qumtor" ishi bo‘yicha Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida so‘roq qilingandan so‘ng mamlakatni tark etdi, deya xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston.
Bu haqda Akayevning sherigi Bekbolot Talgarbekov ham ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, sobiq prezident Moskvada 16 yil yashab, 2 avgust kuni "Qumtor" ishi bo‘yicha Bishkek shahriga kelgan edi.
- U o‘g‘li Ilim bilan Moskvaga uchib ketdi. Qirg‘izistonda bo‘lganida, Akayev "Qumtor" ishi bo‘yicha tergovning barcha savollariga to‘liq javob berdi, - dedi Talgarbekov.
Sputnik xabariga ko‘ra, Akayev tashrif chog‘ida Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashgan. Shuningdek, u Talas viloyatiga ham borgan.
Avvalroq Qirg‘izistonning sobiq prezidentlari Asqar Akayev va Qurmanbek Bakiyev Qumtor oltin konini o‘zlashtirishda korrupsiya sodir etgani uchun qidiruvga berilgan edi.