Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Asqad Muxtor – qalblar tarjimoni
17:36 / 2020-12-23

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Qurolli Kuchlar akademiyasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor tavalludining 100 yilligi munosabati bilan «Asqad Muxtor – qalblar tarjimoni»nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining mas’ul xodimlari, shoir va yozuvchilar, «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, el ardog‘idagi san’atkorlar hamda Qurolli Kuchlar akademiyasi mas’ullari hamda kursantlar ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimi Pardaxol Norqobilova, «Guliston» jurnali bosh muharriri Mamatqul Hazratqulov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Axtamqul Karim hamda adabiyotshunos olimlar O‘zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtorning o‘zbek adabiyotida yangicha intellektual-falsafiy lirikaning shakllanishiga qo‘shgan hissasi, faoliyati, uning ijodidagi inson tabiati, aql-zakovati, undagi mehr va qahr tuyg‘usining qudrati, insonning inson oldidagi burchi, jamiyat va tabiat bilan bir butunligining o‘ziga xos ifodasi to‘g‘risida so‘z yuritdilar.

– XX asr o‘zbek adabiyotining ulkan namoyondalaridan biri, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtorning chinordek baquvvat asarlarini o‘qimagan, bilmagan kitobxon bo‘lmasa kerak, – deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimi Pardaxol Norqobilova. – Uning ko‘p qirrali ijodida zamondoshlarimiz hayoti va ongida yuz bergan eng muhim o‘zgarishlar o‘z badiiy ifodasini topgan. Ijodkor o‘z ijodida jahon poeziyasining eng so‘nggi tajribalari, binobarin zamonaviy poetik tafakkur bilan qadimiy Sharq she’riyati donoligini ajoyib bir tarzda tutashtirishga erishgan.

bugungi tadbir ham Asqad Muxtor hayoti va ijodini harbiylar va ularning oila a’zolari orasida yanada keng targ‘ib etish yuzasidan dadil qadamlardan biridir.

Xotira kechasida el ardog‘idagi san’atkorlar tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar, Asqad Muxtor hayoti va ijodiy faoliyati haqidagi videorolik tadbirga o‘zgacha shukuh baxsh etdi.