Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Asossiz ravishda mukofotlar va boshqa moddiy rag‘batlantirish pullari yozib kelinayotgani bilan bog‘liq holatlar tekshiriladi
12:46 / 2024-01-16

O‘tgan yili byudjetdan 1,2 trillion so‘mlik noqonuniy xarajat hamda 200 milliard so‘mlik kamomad va o‘g‘riliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

Bu haqda Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Masalan, Jizzax politexnika institutida haqiqatda ishlamagan 110 nafar fuqaroga qariyb 10 milliard so‘m ish haqi hisoblab, noqonuniy o‘zlashtirilgan.

Yoki, Namangan, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari “Yagona buyurtmachi xizmati” kompaniyalari 18 ta ob’ektda amalda bajarilmagan 50 milliard so‘mlik ishlarni hisobotlarga qo‘shib yozgan.

Sergeli obodonlashtirish boshqarmasida aslida ishlamagan xodimlarga 4,3 milliard so‘m to‘langan.

Qo‘shrabot tumani ta’lim bo‘limi buxgalteri tomonidan 3 milliard so‘m naqd pul va 1,5 milliard so‘m mablag‘ plastik karta orqali noqonuniy o‘zlashtirilgan.

"O‘zgidromet" rahbariyati byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan asossiz 1,3 milliard so‘m ssuda olgan, shuningdek, o‘zlariga bir necha karra ko‘p mukofotlar yozib kelgan.  

Davlat tashkilotlari rahbarlari o‘zlariga asossiz ravishda mukofotlar va boshqa moddiy rag‘batlantirish pullarini yozib kelayotgani bilan bog‘liq holatlar tekshiriladi va mablag‘larning byudjetga qaytarilishi ta’minlanadi.

 

O‘zA