French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Asossiz olingan milliardlar qaytarib beriladi
12:08 / 2026-02-26

Raqobat qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan o‘rganishlar natijasida “Yerostigaz” AJ tomonidan asossiz ravishda olingan qariyb 2,8 milliard so‘m pul mablag‘lari yakuniy iste’molchiga qayta hisob-kitob qilinishi belgilandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qo‘mitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi Angren shahrida faoliyat yurituvchi “Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJning murojaatini o‘rganib chiqqan.

Olib borilgan o‘rganishlar natijasida, “Yerostigaz” AJ tomonidan “Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJga yetkazib berilgan gaz uchun 2024-yil fevral oyida 135 ming 969 so‘m tarif narxi o‘rniga belgilangan tartibda deklaratsiya qilinmasdan oshirilgan 265 ming 536 so‘m tarif narxini qo‘llab, asossiz 1,8 milliard so‘mdan ortiq hamda mart oyida 12 kun mobaynida 1 milliard so‘mga yaqin jami 2,8 milliard so‘mga yaqin asossiz pul mablag‘larini olganlik holati aniqlandi.

Shu asosda hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Yerostigaz” AJga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilgani bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.

Natijada korxonaga moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda asossiz hisoblangan qariyb 2,8 milliard so‘m mablag‘ni yakuniy iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berildi.

Ayni vaqtda mazkur ish sud tartibida ko‘rib chiqilmoqda.

Nigora Rahmonova, O‘zA