Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Asosiy maqsad - tabiiy gaz sarfini tejash
12:34 / 2026-01-12

FOTOREPORTAJ

Ayni paytda yurtimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining asosiy qismi IESlar ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Binobarin, zamonaviy iqtisodiyotda “yashil” stansiyalar (quyosh, shamol, GES) quvvatlaridan foydalanish dolzarb ahamiyatga ega.

Endigi asosiy yo‘nalishlardan biri – mazkur turdagi ishlab chiqarish jarayonlarida an’anaviy energobloklardan bosqichma-bosqich voz kechish hamda shartli yoqilg‘i sarfi tejaladigan qurilmalarni ishga tushirish bo‘lib qolmoqda.

[gallery-27063]

Bu yo‘nalishda mamlakatimizda bir qator yangi investitsion loyihalar amalga oshirilayotgani e’tirofga loyiq. “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi”da 650 MVt quvvatli uchinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish” loyihasi bunga misoldir.  

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan moliyalashtirilgan mazkur loyihaga ko‘ra, qurilmaning yillik ishlab chiqarish quvvati 4 786 million kVt soatni tashkil etadi. Uning ishga tushishi bilan yillik tabiiy gaz sarfi 870 million metr kubga tejaladi.

Ayni vaqtda qurilish maydonida ishlar jadal sur’atda olib borilmoqda. Buning uchun 200 dan ortiq texnikalar jalb etilgan.  

Qurilish ishlari 2026 yil yakuniga qadar tugatilishi ko‘zda tutilgan.

Siroj ASLONOV(surat),O‘zA