ATB “Qishloq qurilish bank” ning Sirdaryo viloyati filiali tomonidan press-tur tashkil qilindi.
Guliston shahridagi “Omon-medfarm” MCHJ jurnalistlarda katta qiziqish uyg‘otdi. ATB “Qishloq qurilish bank” mijozi bo‘lgan mazkur korxona faoliyati, jumladan, aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, dori-darmon va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish jarayoni barchaga manzur bo‘ldi. Mazkur loyiha uchun bank tomonidan 20 million AQSH dollari ajratilgan. Ushbu mablag‘lar hisobidan 350 ish o‘rni yaratilgan. Kelgusida ishlab chiqarish hajmi, mahsulot va xizmatlar turini kengaytirish hisobidan ish o‘rinlarini mingtaga yetkazish ko‘zda tutilgan.
[gallery-12334]
Keyingi manzil “Bog‘ishamol tezkor madad” MCHJ tomonidan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan “Bolajon” klinikasi bo‘ldi. Bu maskanni jihozlash va tibbiy uskunalar olib kelish uchun bank tomonidan 1 milliard so‘m kredit ajratilgan. Ayni paytda 7 doimiy ish o‘rni yaratilgan. Ish o‘rinlari soni to‘liq quvvatda 15 taga yetkaziladi. Bir kunda 100 dan ortiq bemorlarga 10 ga yaqin yo‘nalishda malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.
"Beton sanoat" MCHJ xususiy korxonasi tomonidan Guliston shahrida foydalanishga topshirilgan “Saxovat” savdo-ko‘ngilochar maskaniga bank tomonidan 10 milliard so‘m kredit ajratilgan va 500 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratilgan.
Press-tur davomida jurnalistlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan loyihalarning amaldagi samaralari bilan bevosita tanishishdi.
Sh.Suyarov, Sh. Ortiqboyev, O‘zA