Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Asosiy maqsad – ish oʻrinlarini koʻpaytirish
16:48 / 2020-03-25

“Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasida ish boshlagan “Super Kolor Ekstra” masʼuliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan avtomobil oynalarining asosiy qismi tashqi bozorga chiqariladi.


“Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasida ish boshlagan “Super Kolor Ekstra” masʼuliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan avtomobil oynalarining asosiy qismi tashqi bozorga chiqariladi. Gap shundaki, bu yerga 1 million AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etilib, zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari oʻrnatildi. Talab va taklif asosida mahsulot ishlab chiqarishga kirishgan korxonada oyiga 4 ming dona mahalliy hamda xorijiy avtomobillar uchun kerakli oʻlcham hamda koʻrinishda oynalar tayyorlanmoqda.

- Korxonamizda 25 nafar yoshlar mehnat qilmoqda,- deydi MCHJ rahbari Elyorjon Nazirov. - Asosiy eʼtiborni ishlab chiqarish tarmoqlari faoliyatini kengaytirish, ish oʻrinlari sonini koʻpaytirishga qaratganmiz. Shu maqsadda hademay avtomobillar uchun rezina-texnika va temir jismlar uchun boʻyoqlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyamiz. Bu yana oʻnlab yangi ish oʻrinlari yaratishga, sifat va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.