Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Asosiy maqsad – aholining turmush darajasini yaxshilash
09:58 / 2022-01-22

Fotoreportaj

Buxoro shahridagi Zarafshon mahallasida 3280 dan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu jarayonda “Temir daftar”dagi 86 oilani, “Ayollar daftari”dagi 52 nafar xotin-qizni, “Yoshlar daftari”dagi 55 nafar yoshni ushbu ro‘yxatdan chiqarish masalasiga ustuvor e’tibor qaratilayotir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida Buxoro shahar hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari tashabbusi bilan “Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida keng ko‘lamli qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Renovatsiya dasturi doirasida hududda mahalla markazi binosi, stadion, yangi futbol maydonchasi, yugurish va velosipedda uchish yo‘laklari qurilib,  foydalanish uchun topshirildi. Mazkur qurilish montaj va obodonlashtirish ishlariga 1,8 milliard so‘m miqdorida mablag‘ sarflandi. Tashlandiq holga kelib qolgan bolalar maydonchalari ta’mirlandi, “workout” maydonchalari barpo etildi. 

Yaqinda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan non va non mahsulotlari tayyorlash sexida hamda “Zarafshon mahalla chevarlari” mas’uliyati cheklangan jamiyatida  ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.

Ayni paytda esa ko‘p qavatli uylarning fasad, pod’ezd qismlari va uylar atrofini betonlashtirish, mahalla hududidagi yaroqsiz holga kelib qolgan 1,2 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlashtirish va 463 metr uzunlikda yangi bordyurlar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

[gallery-5525]

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA