Asosiy fanlar olimpiadasiga start berildi
Nukus shahridagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2025-2026 o‘quv yilida asosiy olimpiadaning uchinchi - Qoraqalpog‘iston Respublika bosqichi boshlandi.
Tadbirning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriligi, O‘zbekiston Respublikasi Fan olimpiadalari markazi vakillari ishtirokchilarga omad tiladi.

Fanlar olimpiadasining dastlabki kuni 9-sinflardan informatika fanidan 57 nafar, 10-sinflardan fizika fanidan 62 nafar, kimyo fanidan 63 nafar, 11-sinflardan matematika fanidan 66 nafar, biologiya fanidan 59 o‘quvchi ishtirok etdi. Bu yil jami 307 nafar o‘quvchining bilimlarini sinovdan o‘tkazishi kutilmoqda.
Fanlar olimpiadasining Qoraqalpog‘iston Respublika bosqichi 3 dekabrga qadar davom etadi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri