Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Asosiy daromad – issiqxonadan
20:05 / 2026-02-06

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi “Qoshqayron” MFY hududida qarovsiz yerda barpo etilgan zamonaviy issiqxona qisqa vaqt ichida barakali daromad manbaiga aylandi.

Mazkur mahallada istiqomat qiluvchi Behruz Rahimberdiyev o‘tgan yili qarovsiz yerni o‘zlashtirib, dastlab achchiq qalampir ekishni yo‘lga qo‘ydi. Keyinchalik Koreya tajribasi asosida pomidor yetishtirishga kirishdi. Issiqxonada energiya tejamkor isitish tizimi hamda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etildi.

[gallery-27518]

Hozirgi kunda ko‘chatlar yaxshi rivojlanib, ilk hosil belgilari namoyon bo‘lmoqda. Mart oyining birinchi o‘n kunligida pomidor hosilini yig‘ib olish rejalashtirilgan. Yetishtiriladigan mahsulotning salmoqli qismini qo‘shni davlatlar va Rossiya bozorlariga eksport qilish ko‘zda tutilgan.

— “Mahalla yettiligi” ko‘magida 300 million so‘m imtiyozli kredit oldik, - deydi loyiha tashabbuskori. — Ayni paytda issiqxonada qariyb 10 ming tup pomidor ko‘chatini parvarishlayapmiz. Dastlabki hisob-kitobimizga ko‘ra, o‘rtacha 150 tonna hosil olmoqchimiz.

Daromad hajmini yanada oshirish maqsadida kelgusida issiqxonani kengaytirish ishlari rejalashtirilgan. Bu esa serdaromad va eksportbop mahsulot yetishtirish hajmini yildan-yilga ko‘paytirish imkonini beradi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA