Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ASOIF ijroiya qo‘mitasidagi 4 o‘ringa 7 nomzod
16:09 / 2025-04-21

Xalqaro yozgi Olimpiya o‘yinlari sport federatsiyalari assotsiatsiyasi (ASOIF) sport turlarining Olimpiada dasturiga kiritilishida muhim o‘rin tutadi.

O‘tgan yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan ASOIF 48-Bosh assambleyasida Xalqaro ot sporti federatsiyasi rahbari Ingmar De Vos ushbu tashkilot rahbari etib saylangandi.

Endi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar sabab, ASOIF ijroiya qo‘mitasi ham yangi a’zolar bilan to‘ldiriladi.

Joriy yil 11 iyun kuni Lozannada o‘tadigan ASOIF Bosh Assambleyasi 4 o‘ringa 7 nafar mutaxassis nomzodi ko‘rsatilganini e’lon qildi.

Ushbu lavozim uchun Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti Muhammad Jolud, Xalqaro kanoe federatsiyasi rahbari Tomas Koniyetsko, Birlashgan jahon kurashi prezidenti Nenad Lalovich, Jahon yengil atletika federatsiyasi vitse-prezident Ximena Restrepo, Butunjahon eshkak eshish federatsiyasi prezidenti Jan-Kristof Rolland  kurash olib boradi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA