Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aslida har mavsum tabiat injiqliklari bilan kurashamiz
16:32 / 2020-04-14

Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida bahoriy ob-havoning oʻziga yarasha injiqligi, aprel oyining oʻrtalari boʻlishiga qaramay toʻsatdan yoqqan qor dehqon xoʻjaliklari va tomorqa egalarini biroz xavotirga soldi.


Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida bahoriy ob-havoning oʻziga yarasha injiqligi, aprel oyining oʻrtalari boʻlishiga qaramay toʻsatdan yoqqan qor dehqon xoʻjaliklari va tomorqa egalarini biroz xavotirga soldi.

Mavsumda uyushqoqlik bilan ekilgan paxta, gʻalla, turli sabzavot koʻchatlari, qiygʻos gullab, endi hosilga kirayotgan mevali daraxtlarga nima boʻladi, degan savol koʻpchilikni oʻylantirgani tabiiy. Biroq mirishkor dehqonlar, tajribali tomorqa egalarining saʼy-harakatlari bilan bu sinovdan muvaffaqiyatli oʻtilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati Andijon tumanda yashovchi Jamoliddin aka Teshaboyev oʻzining 6 sotixli tomorqasida kartoshka, bulgʻor qalampiri va pomidor kabi sabzavot ekinlarini parvarishlaydi.

– Kutilmaganda havoning sovib ketishi ayrim ekinlarga oʻz taʼsirini koʻrsatmay qolmadi, – deydi Jamoliddin aka. – Odatda qor va yomgʻirning oʻsimliklarga unchalik salbiy taʼsiri yoʻq, lekin undan keyingi sovuq havodan ehtiyot boʻlish lozim. Oʻsha kunlari bizning hududimizda qirov tushgan edi. Shuni hisobga olib ekinlar ustini yopishga toʻgʻri keldi. Kartoshka qatorlarini koʻmib chiqdik. Bu ishimiz samara berdi. Umuman, koʻpchilik mahalladoshlarim shu kabi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishi tufayli ekinlar saqlab qolindi.

Daraxt koʻchatlariga ham unchalik zarar yetkazilgani yoʻq, sababi ochiq maydonlardagina sovuq urish kuzatiladi. Shu tufayli hovlidagi oʻrik, gilos kabi mevali daraxtlarning dovchasi juda yaxshi rivojlanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ob-havoning sovishi, qor yogʻgani qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxi oshib ketishiga taʼsir koʻrsatishi haqidagi xabarlarni oʻrinsiz, deb oʻylayman. Ortiqcha vahimaga oʻrin yoʻq. Aslida har mavsum dehqonchilikda tabiat injiqliklari bilan kurashamiz. Unga moslashib ish koʻrishga harakat qilamiz.

Nasib qilsa bu yil ham hosilimiz zoʻr boʻladi.