“ASL KONSERVA” mahsulotlari
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi “ASL KONSERVA” masʼuliyati cheklangan jamiyati yiliga 150 tonnadan ortiq meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatiga ega.
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi “ASL KONSERVA” masʼuliyati cheklangan jamiyati yiliga 150 tonnadan ortiq meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatiga ega.
Bu yerda meva-sabzavotlarni saralash, tozalash hamda qayta ishlangan mahsulotni sterilizatsiyalash va asseptik qadoqlash zamonaviy uskunalarda bajarilishi ishlab chiqarilgan mahsulotni davlat standartlari asosida tayyorlash imkonini yaratayotir. Mavsum davomida pomidor va bodringdan tayyorlangan 150-200 ming dona konserva mahsuloti isteʼmolchilar dasturxoniga yetkazilmoqda.
Korxonada 10 nafar kishi doimiy ish bilan band.