Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Askarlik burchi
16:54 / 2022-12-26

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi harbiylari va kursantlari uchun “Hayot” filmi namoyish etildi.

Rejissyor Hilol Nasimov suratga olgan film oddiy askarlar hayoti va burchi haqida hikoya qiladi. Ularning qarindoshlari, oilalari bor. Taqdir taqozosi bilan ular mutaassiblik va ochko‘zlik ta’siri ostidagi yovuz dushmanga ro‘baru bo‘ladi. Ular terrorchilarga qarshi kurashish uchun toqqa yo‘l oladi. Filmdagi har bir qahramon hayotiy muhim qaror qabul qilishi kerak. Hatto yovuz roldagilar ham o‘zi va safdoshi, mafkurasiga bo‘lgan sadoqati va yaqinlarining taqdiri o‘rtasida tanlov qilishga majbur bo‘ladi.  

Filmni namoyish etish va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi kursantlarining savollariga javob berish maqsadida film rejissyori va ijrochilari taklif etildi. Hilol Nasimov filmni yaratish g‘oyasi va suratga olish jarayoni haqida so‘zlab berdi. U kursantlar bilan suhbatda O‘zbekiston taraqqiyotida ularning o‘rni muhim ekanligini ta’kidlab, muhim qarorlar qabul qilishda vatanparvarlik tuyg‘ulariga tayanishlikka da’vat qildi.  

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida bo‘lajak ofitserlar tahsil olishini qayd etish joiz. Ular milliy  armiyamiz tayanchidir.  Shu bois, kelajagimiz asosan, ularni tayyorlash sifatiga bog‘liq.  

– Har qanday yuqori malakali kasb egasi Qurolli Kuchlar safida o‘zini sinab ko‘rishi mumkin, - deydi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasining ilmiy vzvod askari Bahodir Ibragimov. – Masalan, men iqtisodiy xavfsizlik bo‘yicha oliy ma’lumotga egaman. Men egallagan bilimlar qo‘shinlarni moddiy-texnik ta’minlashda qo‘llaniladi. Xizmatdoshlarim orasida  turli kasb egalari bor. “Hayot” filmi 2018 yilda katta ekranga chiqqan bo‘lsada, men uni birinchi marta ko‘rdim. Yurtimizda  ham shunday sifatli harbiy-vatanparvarlik ruhidagi filmlar suratga olinayotgani hamda film syujeti meni juda hayratlantirdi. Unda askarning taqdiri naqadar qiyinligi aks etgan. Harbiy xizmat yuki nafaqat askarning zimmasida, balki bu uning yaqinlariga ham ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.  

Roman BONDARCHUK, O‘zA