French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Askarlarning onalarini e’zozlaymiz!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi
17:24 / 2026-01-08

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni arafasida Nukus shahridagi harbiy qismlardan birida “Askarlarning onalarini e’zozlaymiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi DXX Chegara qo‘shinlari tarkibidagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan muddatli harbiy xizmatchilar va barcha viloyatlardagi ota-onalar videokonferensaloqa tarzida onlayn ishtirok etishdi.

Tadbir hayajonli va quvonchli damlarga boy bo‘ldi. To‘qqiz oydan buyon yuzlab chaqirim olisda yurt himoyachisi degan sharafli nomga munosib o‘g‘lonlar safida harbiy xizmatni o‘tayotgan farzandlarini onlayn bo‘lsa-da ko‘rgan ota-onalar bag‘oyat xursand bo‘lishdi.

Farg‘ona, Qashqadaryo va boshqa viloyatlardan kelgan hamda qoraqapog‘istonlik harbiylar ota-onalari va yaqinlariga harbiy xizmatdagi sharoitlar, erishayotgan yutuqlari borasida so‘zlab berishdi.  

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri