Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Askarlar uyiga qaytmoqda
10:49 / 2021-03-31

Termiz temir yo‘l vokzalida Mudofaa vazirligining harbiy qismlarida muddatli harbiy xizmat burchini sharaf bilan o‘tagan bir guruh askarlar tantanali kutib olindi.

Shu munosabat bilan Termiz temir yo‘l vokzalida tashkil etilgan marosimda Janubiy operativ qo‘mondonligi mutasaddi ofitserlari, Mudofaa vazirligi xuzuridagi jamoatchilik kengashi viloyat mintaqaviy bo‘limi mas’ullari, harbiy faxriylar, keng jamoatchilik vakillari va askarlarning ota-onalari, qarindoshlari ishtirok etdi.

– Harbiy xizmat davomida har tomonlama toblandim, ma’naviy jihatdan yuksaldim, – deydi Andijon viloyatida yigitlik burchini ado etib kelgan surxondaryolik oddiy askar Muhriddin Nazarov. – O‘zbekiston kelajagi nurli yoshlar mamlakati. Bizning Vatan osayishtaligi yo‘lida xizmat qilishimiz, o‘qib, izlanishimiz, o‘z salohiyatimizni keng namoyon etishimiz uchun katta imkoniyat eshigi ochiq. Muddatli xizmat davrimda Mudofaaa vazirligi miqyosida o‘tkazilgan “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik-tanlovida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdim. Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan sinovda yuqori ball to‘plab, imtiyozli tavsiyanomaga ega bo‘ldim. Endilikda oliy o‘quv muassasasiga o‘qishga kirib, ta’lim olaman. Kelajakda olgan bilim va kuchimni mamlakatimiz taraqqiyoti, yurtimiz ravnaqi uchun sarflayman.

Tadbir ishtirokchilari konstitutsiyaviy burchini sharaf bilan bajarib, oilalari bag‘riga yorug‘ yuz bilan qaytgan Vatan himoyachilarini quchoq ochib kutib oldi. Anvoyi gullar tuhfa qildi. Bayramona ruxda o‘tgan marosimda farovon Vatan, tinch, osuda hayot, obod turmush va sog‘inch-muhabbat tarannum etilgan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA