Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Askarlar qasamyod qabul qildi
10:31 / 2021-10-31

Andijon shahridagi harbiy qismda safarbarlik batalonida xizmat boshlagan askarlarning harbiy qasamyod qabul qilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Andijondagi harbiy qism serjant va ofitserlari, askarlarning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda so‘z olgan Andijon viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi, harbiy qism, viloyat harbiy faxriylar kengashi vakillari tomonidan mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar yuqori samaralar berayotganligi, harbiy xizmatchilarning xizmatni yuqori saviyada o‘tashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligi ta’kidlandi.

Keng maydon uzra saf tortgan harbiy libosdagi askarlar tomonidan O‘zbekiston madhiyasi ijro etildi, so‘ng ular tantanali ravishda qasamyod qabul qildi.

–  Harbiy qasamyod men kabi barcha askarlarga xizmatni a’lo darajada o‘tashlari uchun g‘ayrat, shijoat, ulkan ruhiy va ma’naviy kuch beradi, – deydi oddiy askar Maqsadbek Siddiqaliyev. – Yigitlik burchimizni yuqori darajada ado etish, yurtga munosib farzand bo‘lishga undovchi sharafli qasamyod tadbiri yodimizda bir umr muhrlanib qoladi.

Harbiy safarbarlik batalonida askarlarning jangavor va jismoniy tayyorgarligini, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan.

Tadbir doirasida keng jamoatchilik vakillari, ota-onalar askarlarning xizmat va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat),

O‘zA