Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Askarlar imtiyozli tavsiyanoma uchun test topshirdi
17:26 / 2022-01-26

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugning Nukus garnizonida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi tavsiyanoma olish uchun test sinovlarida ishtirok etdi.

Mazkur test sinovlarida shaffoflikni ta’minlash maqsadida auditoriyalarda kuzatuv kameralari o‘rnatildi.

[gallery-5568]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi tomonidan ikki kun davomida o‘tkazilgan test sinovlarida qoida va qonun buzilish holatlari qayd etilmadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga harbiy qismlar qo‘mondonligi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun berilgan imtiyozli tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA