FOTOREPORTAJ
Farg‘ona politexnika instituti o‘quv binosida O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha ball beradigan imtiyozli tavsiyanomalarini qo‘lga kiritish uchun test sinovlarini topshirdi.
Test sinovlari Farg‘ona va Qo‘qon shahri hamda So‘x tumanida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan 800 dan ziyod askarlar uchun tashkil etildi. Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan olindi.
Auditoriyalar texnik kuzatuv va video-tasvirga olish vositalari bilan jihozlangani muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan test sinovlarining haqqoniyligi va shaffofligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
[gallery-10379]
Test sinovlari natijalariga ko‘ra, yuqori ball to‘plagan, intellektual salohiyatli, jangovar mahorati yuksak o‘g‘lonlar oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli asosda o‘qishga kirish imkonini beruvchi imtiyozli tavsiyanomaga ega bo‘ladi.
Muqimjon QODIROV(surat), O‘zA