Ona yurt tinchligi va osoyishtaligidan azizroq ne’mat bormi, bu dunyoda?! Uni muhofaza qilishdan ham ulug‘vor jasoratchi?
Harbiylar, tom ma’noda ana shunday jasorat va matonat timsollaridir. Bu kasb insondan chinakam vatanparvarlikni, fidoyilikni, metin irodani talab etadi.
Harbiylar bugungi tinch-osoyishta, dorilomon, farovon hayotimizning kafolati. Ular bor ekan, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, sarhadlarimiz mustahkam. Shu bois ham harbiylik — mardlar kasbi deyiladi, Vatan himoyachilari doimo ulug‘lanadi, sharaflanadi.
Bugun yurtimiz bo‘ylab Qurolli kuchlar tizimining 34 yilligi va 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda. Fursatdan foydalanib, Davlatimiz tinchligi yo‘lida xizmat qilayotgan mard va jasur o‘g‘lonlarimiz va qizlarimizga kuch-g‘ayrat, mustahkam sog‘liq va oilaviy xotirjamlik tilaymiz. Qalbingizdan shijoat, bilagingizdan kuch arimasin.
Yurtimizda hamisha tinchlik bo‘lsin!
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/rD3kGqt5Rj0?si=ZxMK6B9PcpG_U2hb" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA