Asilbekning orzusi ushaldi
Asilbek Akbarov Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Xo‘jakasbi MFYdagi maktabning 7-sinfida o‘qiydi. Onasi Maxfirat Shamsiyeva boquvchisini yo‘qotgan bo‘lib, 4 nafar voyaga yetmagan farzandni tarbiyalab kelmoqda. Oilaning to‘ng‘ichi Asilbek ham ko‘pchilik tengdoshlari qatori yozgi ta’tilni so‘lib go‘shalardagi oromgohlarda o‘tkazishni istaydi. Lekin oilada imkoniyat yo‘qligi sabab orzulari ushalmay kelayotgan edi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Kasbi tumani bo‘linmasi uning joniga oro kirdi. Onasining fondga qilgan murojaati ijobiy yechim topib, Asilbek va yana bitta shunday oilaning ikki nafar farzandi fond mablag‘lari hisobidan viloyatning Yakkabog‘ tumanidagi “Sirli koinot” yozgi bolalar dam olish oromgohiga 4-mavsum dam oluvchilar bilan birga jo‘natildi. Endi u ham tengdoshlari kabi oromgohda maza qilib hordiq chiqaradi.

Darhaqiqat, fond tomonidan bu kabi xayrli ishlar muntazam ravishda davom ettirilmoqda.
O‘lmas Barotov, O‘zA.